Iste’molchilar tovar (ish, xizmat)lar haqida o‘z vaqtida zarur, to‘g‘ri va tushunarli ma’lumot bilan ta’minlanishi shart
«Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari»ning 15-bobida «Elektr energiyasini cheklash yoki uzib qo‘yish shartlari» belgilangan bo‘lib, Yozyovon tumanida ham elektr energiyasini cheklash jadvali ishlab chiqilib, hokimlik tomonidan tasdiqlangan. Jadvalga ko‘ra, elektr energiyasi bilan 110/35/10 Xonobod RP-1,2 Yozyovon podstansiyasi O‘zgarish fideridan ta’minlanuvchi iste’molchilar, xususan «Markaziy Farg‘ona» mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi uchun sutka davomida soat 02-00 dan 04-00 gacha, ertalab 07-00 dan 08-00 gacha, 11-00 dan 13-00 gacha, 17-00 dan 18-00 gacha, 20-00 dan 22-00 gacha cheklov kiritilishi belgilangan.
Tumanning shu mahallasida yashovchi X.O.ning Federatsiya 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga oxirgi vaqtlarda sutka davomida ta’minotdagi uzilishlar me’yordan oshib ketayotganligi borasida qilgan murojaati o‘rganilganda mahalla mas’ullari tasdiqlangan jadval ularga berilmaganligini, oxirgi vaqtlarda elektr ta’minotida uzilishlar ko‘p bo‘layotganligini ma’lum qildilar.
O‘rganish ishlari muammo mahalla mas’ullari va iste’molchilarni o‘z vaqtida zaruriy ma’lumotlar bilan ta’minlanmaganligi, xususan tasdiqlangan jadvalga asosan cheklovning aniq vaqtlaridan bexabarligida ekanligini ko‘rsatdi. Amaldagi qonunchilik esa ijrochi (xizmat ko‘rsatuvchi)dan realizasiya qilinayotgan ish (xizmat) haqida o‘z vaqtida zarur, to‘g‘ri va tushunarli ma’lumot berilishini shart qilib qo‘yadi. O‘rganish ishlari doirasida tomonlarga amaldagi qonunchilik talablari targ‘iboti olib borildi. Elektr ta’minoti korxonasi mas’ullariga hududdagi barcha MFYlarga tasdiqlangan cheklov jadvalini tarqatish hamda mahalla mas’ullari va iste’molchilarni tanishtirish vazifasi belgilanib, elektr ta’minoti korxonasi mas’uli tomonidan iste’molchiga cheklov kiritilishini keltirib chiqargan omillar va sabablar yuzasidan aroflicha tushuntirishlar berildi.
Shavkatjon Saidov,
jamiyat mutaxassisi.


Отправить комментарий