Tibbiyot xodimlari o‘rtasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Qo‘shtepa tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan Federatsiya, hududiy birlashma topshiriqlari, shuningdek o‘zining asosiy faoliyat yo‘nalishlari rejasi asosida hududdagi ijtimoiy soha tashkilotlarida iste’molchilik sohasiga oid turli mavzularda targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib borilmoqda. Tuman ko‘p tarmoqli poliklinika filialida o‘tkazilgan tadbir ham shular jumlasidandir.
“Iste’molchi huquqlari qonun himoyasida” mavzusida o‘ktazilgan makzur targ‘ibot tadbirida “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunchilik, unga ko‘ra iste’molchi hamda sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, xizmat ko‘rsatuvchi)larning huquq va majburiyatlari, qonunbuzilishi holatlariga duch kelinganda iste’molchi tomonidan amalga oshiriladigan harakatlar, unga huquqiy va amaliy yordamlarni ko‘rsatuvchi tashkilotlar hamda ularga murojaat qilish yo‘l-yo‘riqlari yuzasidan tushuntirishlar berib o‘tilib, tadbir ishtirokchilarining savollariga javoblar qaytarildi.
Zafarbek Mavlonov,
jamiyat mutaxassisi.



Отправить комментарий