Maqsadimiz — «Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili» doirasida hamkorlikni yanada kuchaytirishdan iborat

Maqsadimiz — «Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili» doirasida hamkorlikni yanada kuchaytirishdan iborat

Joriy 2026 yilni mamlakatimizda «Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili» deb e’lon qilinishi munosabati bilan hududiy birlashmaning asosiy faoliyat yo‘nalishlari rejasiga viloyatimizdagi mahalla fuqarolar yig‘inlari mas’ullari bilan yaqindan hamkorlik olib borish borasida tegishli chora-tadbirlarni belgilash va o‘tkazib borish yuzasidan bandlar kiritilgan.

Mahalla faollari va aholi vakillari bilan yuzma-yuz uchrashuvlar o‘tkazish, mahalla idoralarida tashkil qilingan axborot burchaklarida, shuningdek iste’molchilar tanishishi uchun qulay joylarda iste’mol sohasiga muammolarga duch kelinganda Federatsiya tizim tashkilotlariga yozma, og‘zaki va elektron shakllarda murojaat qilish yo‘l-yo‘riqlarini o‘zida aks ettirgan ma’lumotlarni joylashtirish va ularni aholi e’tibori uchun doimiy tarzda yetkazilgan holatda bo‘lishini nazoratini olib borish ishlari shular jumlasidandir.

Shu kunga qadar Federatsiyaning tegishli hududiy tashkilotlari tomonidan Qo‘qon shahridagi «Davronbek», «Tolzor» va «Shaldiramoq», Yozyovon tumanidagi «Yozyovon», «Navro‘z», «Yuqori», «Soyyoni», «Qorasoqol» va «Yoshlik», Toshloq tumanidagi «Do‘stlik» va «Furqat», Uchko‘prik tumanidagi «Soybo‘yi», Qo‘shtepa tumanidagi «Qumtepa» hamda Beshariq tumanidagi «Obod» mahalla fuqarolar yig‘inlarida bo‘lishib, joriy yil davomida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan olib boriladigan ijtimoiy sheriklik hamda hamkorlik masalalarini muhokama qilgan holda, axborot burchaklarini tashkil qilish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirdilar.

Отправить комментарий