Targ‘ibot tadbirlari — iste’molchilar huquqiy bilimlarini oshirishning muhim asosi

Targ‘ibot tadbirlari — iste’molchilar huquqiy bilimlarini oshirishning muhim asosi

Federatsiyaning Farg‘ona viloyatidagi tizim tashkilotlari tomonidan o‘tkazilatgan targ‘ibot tadbirlaridan ko‘zlangan asosiy maqsad aholi vakillari (iste’molchilar)ning sohaga oid qonunchilikdan xabardorligini oshirishdan iboratdir. Beshariq, Furqat, Qo‘shtepa tumanlari hamda Farg‘ona shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirlar shular jumlasidan hisoblanadi.

Beshariq

Tumandagi 29-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik asoslari, iste’molchining asosiy huquqlari, ularda majburiyatlarini keltirib chiqaruvchi holatlar, qonunbuzilishi holatlarida iste’molchi tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan sa’y-harakatlar yuzasidan tushuntirishlar berib o‘tildi.

Furqat tumani

Furqat tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida o‘tkazilgan tadbirda tumandagi maktabgaa ta’lim tashkilotlari rahbar va mas’ul xodimlari ishtirok etdilar. Unda ko‘rib chiqilgan asosiy masalalar amaldagi qonunchilik ijrosini ta’minlash, qonunchilik ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini olib borishda ta’lim tashkilotlari hamda Federatsiya tizim tashkilotlari o‘rtasida ijtimoiy sheriklik hamda hamkorlik olib borish, ta’lim tashkilotlari ishchi xodimlarining huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirishdan iborat bo‘ldi.

Qo‘shtepa tumani

Tuman jamiyati mas’ullari Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Qo‘shtepa tuman bo‘limida bo‘lishib, bo‘lim mas’ul xodimlari ishtirokida amaldagi qonunchilik, shuningdek tizim tashkilotlari o‘rtasida imzolangan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum ijrosini ta’minlashda yaqindan ijtimoiy sheriklik hamda hamkorlik olib borish masalalarida o‘zaro fikr va mulohazalarni almashdilar.

Farg‘ona shahri

«O‘zsanoatqurilishbank» ATB Farg‘ona filialida o‘tkazilgan tadbir hududiy birlashma hamda Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi o‘rtasida imzolangan o‘zaro hamkorlik Memorandumi asosida tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasi asosida bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida” gi, “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi, “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonunlari hamda sohaga qonunosti me’yoriy hujjatlari mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berib o‘tilib, bank muassasasi hamda Federatsiya o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Tizim tashkilotlari tomonidan o‘tkazilayotgan barcha tadbirlar doirasida ishtirokchilarning iste’molchilik sohasini yanada rivojlantirishga oid fikr-mulohaza hamda takliflari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar qaytarib borilmoqda.

Отправить комментарий