Sotuvchi iste’molchidan olib qo‘yilgan skuter qaytarib olib berildi

Sotuvchi iste’molchidan olib qo‘yilgan skuter qaytarib olib berildi

O‘zbekiston tumanida yashovchi U.B. prokuratura organlariga ariza bilan murojaat qilib, shartnoma qiymatini bo‘lib to‘lash shartlarida xarid qilgan skuterini sotuvchi tomonidan olib ketilganligi, holatni o‘rganib chiqib amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘ragandi. Murojaat hududiy tegishliligi bo‘yicha O‘zbekiston tuman iste’molchilar huquqlarini himoya jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganilib, masalani iste’molchi foydasiga hal etilishiga erishildi.

Ma’lum bo‘lishicha, iste’molchi tumandagi «N. L. T.» MChJ savdo do‘koni bilan 01.06.2025 yil kunida shartnoma imzolab, unga ko‘ra, shartnoma qiymati 17 916 034 so‘m bo‘lgan skuterni narxini bir yil davomida bo‘lib to‘lash shartlarida xarid qilishga kelishgan. Biroq oldi-sotdi jarayonida shartnomada ko‘rsatilgan skuterni emas, savdo do‘koni sotuvchisi bilan kelishib, undan narxi 1 250 000 so‘mga qimmatroq bo‘lgan skuterni olgan. Shartnomadan oshiqcha bo‘lgan summaning 500 000 so‘mini o‘rnida to‘lab, qolgan 750 000 so‘mini keyin keltirib berishni va’da qilgan. Tomonlar o‘rtasida kelib chiqqan nizoga sabab aynan o‘sha qolgan 750 000 so‘m pulni iste’molchi vaqtida to‘lay olmaganidan so‘ng kelib chiqqan. Sotuvchi vaqtida bajarilmagan majburiyat evaziga skuterni qaytarib olib qo‘ygan.

O‘rganish ishlari davomida tomonlarga amaldagi qonunchilik talablarini tushuntirilishi barobarida, iste’molchi skuter olib qo‘yilgan vaqtgacha bo‘lgan orqaliqda muddatli to‘lov bo‘yicha to‘lovlarni to‘lab kelganligi, va’da qilingan summa hamda yuzaga kelgan qarzdorliklarni bartaraf etishi bo‘yicha olayotgan qo‘shimcha majburiyatlari yuzasidan sotuvchi bilan muzokaralar olib borildi. Uning yakunlariga ko‘ra esa, iste’molchiga o‘z majburiyatlarini bajarishi uchun imkoniyat berilib, skuter qaytarib berildi.

Dilshodjon Rassayev,
jamiyat mutaxassisi.

Отправить комментарий