Arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari faoliyati o‘rganib borilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2026 yil 13 fevral kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda muborak Ramazon oyida ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlash hamda dehqon bozorlari va yirik savdo majmualarida hamyonbop oziq-ovqat tovarlari bilan ta’minlangan yarmarkalar tashkil etish bo‘yicha topshiriq bergan edi. Shundan kelib chiqqan hududlardagi dehqon bozorlarida Arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari tashkil etildi hamda faoliyatini olib bormoqda.
Federatsiya buyrug‘i asosida uning hududiy tuzilmalari tomonidan muborak Ramazon oyida ichki iste’mol bozorida narx-navo barqarorligini ta’minlanishiga ko‘maklashish, dehqon bozorlari va yirik savdo komplekslarida tashkil etilgan arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari faoliyatini kunlik o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, Federatsiyaning Uchko‘prik tuman jamiyati mutaxassislari Markaziy dehqon bozorida tashkil etilgan yarmarka faoliyatini o‘rganib, uning natijalari bo‘yicha kunlik ma’lumotlarni yuqori turuvchi idoralarga taqdim etib bormoqdalar.
O‘rganishlar doirasida sotuvchilarga narx-navo barqarorligini ta’minlash barobarida, mahsulotlarni tegishli sifatda bo‘lishi, savdo jarayonlarida tegishli qonunchilik talablariga qat’iy amal qilinishi holatlari yuzasidan tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.



Отправить комментарий