Arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari savdosi yarmarkalari faoliyati o‘rganib borilmoqda || Rishton

Arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari savdosi yarmarkalari faoliyati o‘rganib borilmoqda || Rishton

Xabar berib borayotganimizdek, Federatsiya va uning tuzilmalari mas’ul xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2026 yil 13 fevral kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda muborak Ramazon oyida ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlash hamda dehqon bozorlari va yirik savdo majmualarida hamyonbop oziq-ovqat tovarlari bilan ta’minlangan yarmarkalar tashkil etish bo‘yicha bergan topshirig‘i asosida hududlarda tashkillangan Arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari faoliyati bilan tanishib, kunlik o‘rganishlar o‘tkazib bormoqdalar.

Ushbu topshiriqlar asosida Federatsiyaning Rishton tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan ham hududlaridagi Markaziy dehqon bozorida tashkil etilgan yarmarka faoliyati o‘rganilib, uning natijalari bo‘yicha kunlik ma’lumotlar yuqori turuvchi idoralarga taqdim etib borilmoqda.

O‘rganishlarlardan ko‘zlangan asosiy maqsad, Hukumatimizning narx-navo barqarorligini ta’minlashdek xayrli ishiga ko‘maklashish, yarmarkalarda realizasiya qilinayotgan oziq-ovqat tovarlarining tegishli sifatda bo‘lishi, savdo jarayonlarida amaldagi qonunchilik talablariga so‘zsiz amal qilinishi holatlari ustidan jamoatchilik nazorati, qonunchilik talablari yuzasidan yarmarkalar sotuvchi va mas’ullariga tushuntirish va targ‘ibot ishlarini olib borishdan iboratdir.

Отправить комментарий