Yoshlar — huquqiy bilimli iste’molchi bo‘lishi muhim

Yoshlar — huquqiy bilimli iste’molchi bo‘lishi muhim

Uchko‘prik tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tashabbusi bilan «30-iyun – Yoshlar kuni» munosabati bilan tumandagi sport maktabi yosh xodimlari ishtirokida «Iste’molchi huquqlari qonun himoyasida» mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi yoshlarning iste’molchilik madaniyatini yuksaltirish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish hamda kundalik hayotda uchrashi mumkin bo‘lgan iste’molchilik munosabatlarida o‘z huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha zarur bilimlarni shakllantirishdan iborat bo‘ldi.

Davra suhbatida mutaxassislar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonunining mazmun-mohiyati, iste’molchilarning asosiy huquqlari, sifatli mahsulot va xizmatlardan foydalanish, kafolat muddati, mahsulotni almashtirish yoki qaytarish tartiblari, shuningdek, nizolarni qonuniy yo‘l bilan hal etish mexanizmlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Muloqot davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berilib, hayotiy misollar asosida huquqiy tushuntirishlar olib borildi. Shuningdek, yoshlar orasida raqamli savdo, internet orqali xarid qilishda ehtiyot choralariga amal qilish hamda huquqlari buzilgan hollarda tegishli tashkilotlarga murojaat etish tartibi yuzasidan tavsiyalar berildi.

Tadbir yakunida bunday uchrashuvlar yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ularni faol va bilimli iste’molchi sifatida shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Отправить комментарий