Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi raisi Ahrorjon Raxmonaliev Beshariq tumani hokimi Ilyos Novikov bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida mamlakatimizda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, amaldagi qonunchilik talablarining joylardagi ijrosini ta’minlash, aholining huquqiy ongi va iste’mol madaniyatini yuksaltirish masalalari xususida fikr almashildi.
Tuman hokimligi va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati o‘rtasidagi ijtimoiy sheriklikni mustahkamlash, aholi murojaatlarida ko‘tarilayotgan masalalarni hamkorlikda o‘rganish, savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarida uchraydigan muammolarga o‘z vaqtida yechim topish bo‘yicha fikrlar bildirildi.
Tomonlar joylarda jamoatchilik monitoringlarini tashkil etish, aholi bilan ochiq muloqotlar, davra suhbatlari va huquqiy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish, iste’molchilar huquqlariga daxldor masalalar yuzasidan o‘zaro axborot almashinuvini kuchaytirish kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni davom ettirish muhimligini ta’kidladilar.



Отправить комментарий