Toshloq tumanida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati va tayanch guruhlari faollarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Shu kunlarda O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati Federatsiyasi Farg‘ona viloyatidagi tuman (shahar) jamiyatlari hamda tayanch guruhlari faollarining yig‘ilishlari bo‘lib o‘tmoqda. Bugun Toshloq tumanida ham xuddi shunday tadbir o‘tkazilib, unda jamiyat xodimlari va tayanch guruhlari faolllari, shuningdek viloyat hududiy birlashma mas’ullari, Raqobat boshqarmasi vakillari ham ishtirok etdilar.
Yig‘ilishda Federatsiyaning Toshloq tuman jamiyati 2021–2025 yillardagi faoliyati yakunlari, amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
unda Federatsiyaning Toshloq tuman jamiyati 2021–2025 yillardagi faoliyati yakunlari, amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
Yig‘ilish davomida Toshloq tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatining hisobot davrida iste’molchilar huquq va manfaatlarini himoya qilish, aholi murojaatlari bilan ishlash, huquqiy targ‘ibot ishlarini olib borish hamda tayanch guruhlari faoliyatini rivojlantirish borasida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisoboti tinglandi.
Hisobotda qayd etilgan ma’lumotlar tayanch guruhlari faollari tomonidan muhokama qilinib, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan fikr va takliflar bildirildi. Yig‘ilish yakunida jamiyatning hisobot davridagi faoliyati qoniqarli deb topildi.
Shundan so‘ng, kun tartibidagi yana bir muhim masala — Farg‘ona viloyati hududiy birlashmasining hisobot-saylov konferensiyasiga delegatlar saylash jarayoni amalga oshirildi.
Ta’kidlash joizki, viloyatdagi 19 ta tuman (shahar) jamiyatlarida hisobot-saylov yig‘ilishlari 14 oktyabrga qadar davom etadi. Ularda tizim tashkilotlari xodimlari va tayanch guruhlari faollari ishtirokida hisobotlar muhokama qilinib, viloyat konferensiyasiga delegatlar saylanadi.
Oktyabr’ oyida Farg‘ona viloyati hududiy birlashmasining, noyabr’ oyida esa O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati Federatsiyasining hisobot-saylov konferensiyasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Hisobdorlik, ochiq muloqot va kelgusi vazifalar — tizim faoliyatini yanada takomillashtirish yo‘lida muhim qadamdir.



Отправить комментарий