YANGI TOK KUÇAYTIRGIÇNING BIRINÇI KUNDANOQ NUQSONLI EKANLIGI BILINIB QOLDI
1 million 200 ming sömga xarid qilingan elektr qurilmasi işlatilgan zahoti tutay boşlasa, xaridor nima qilişi kerak? Yozyovon tumanidagi uşbu holat iste’molçi huquqlarini biliş qançalik muhimligini körsatdi.
Yozyovon tumani Qoratepa mahallasida yaşovçi X. M. tuman hududidagi bozorning maişiy texnika dökonidan 1 million 200 ming sömga, bir yillik kafolat muddati bilan tok kuçaytirgiç xarid qildi.
Biroq yangi qurilmani işlatiş uçun elektr tarmoğiga ulaganidayoq undan tutun çiqa boşladi va kuygan hid keldi. Xaridor qurilmani işlatişni töxtatib, bir hafta ötgaç, uni dökonga olib bordi hamda boşqasiga almaştirib berişni söradi.
Ammo dastlab sotuvçi tomonidan bu talab bajarilmadi. Natijada iste’molçi öz huquqlarini himoya qilişda amaliy yordam sörab, Yozyovon tuman iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatiga murojaat qildi.
Murojaat jamiyat mutaxassislari tomonidan örganildi. Dökonga borib ötkazilgan suhbat davomida sotuvçi ham tok kuçaytirgiçda nosozlik mavjudligini, uning içki qismi kuygani sababli xaridor qurilmani qaytarib olib kelganini tasdiqladi.
Örganiş jarayonida sotuvçi va xaridorga iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş töğrisidagi qonunçilik talablari, ularning huquq va majburiyatlari yuzasidan tuşuntirişlar berildi.
Natijada, dökon xodimlari tomonidan xaridorning talabi qanoatlantirilib, nosoz tok kuçaytirgiç aynan şu rusumdagi boşqa qurilmaga almaştirib berildi. Iste’molçi muammo hal etilganidan mamnunligini bildirib, boşqa e’tirozi yöqligini ma’lum qildi.
Maişiy elektr jihozlarini xarid qilişda ularning taşqi körinişigagina emas, balki işlaş sifati, texnik holati va kafolat şartlariga ham e’tibor bering.
Agar qurilmani işlatiş jarayonida tutun, kuygan hid, ğayrioddiy şovqin yoki boşqa nosozliklar kuzatilsa, uni darhol elektr tarmoğidan uzing. Nosoz qurilmadan foydalanişni davom ettirmang.
Xarid çeki va kafolat hujjatlarini saqlang. Mahsulotda nuqson aniqlansa, sotuvçiga öz talabingizni bildiring. Masala hal etilmasa, iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatlariga murojaat qiling.
Yodda tuting: iste’molçi sifatli va xavfsiz tovar xarid qiliş huquqiga ega. Yangi xarid qilingan mahsulotda nuqson aniqlansa, öz huquqlaringizni talab qilişdan çöçimang!



Отправить комментарий