ÇIQINDILARNI OLIB ÇIQIŞ GRAFIGI BÖYIÇA TUŞUNTIRIŞ BERILDI
Kommunal xizmatlar sifatli va belgilangan tartibda körsatilişi iste’molçilarning muhim huquqlaridan biridir. Ayniqsa, maişiy çiqindilarni öz vaqtida olib çiqib ketiş nafaqat aholi uçun qulaylik, balki hududning sanitariya holatini saqlaşda ham muhim ahamiyatga ega.
Yozyovon tumani Guliston mahallasida yaşovçi fuqaro ham aynan şu masala yuzasidan tuman iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatiga murojaat qildi. Uning bildirişiça, xonadondan maişiy çiqindilar belgilangan grafik asosida olib çiqib ketilmayotgani sababli çiqindilar töplanib qolgan.
Murojaatni örganiş maqsadida jamiyat tomonidan xizmat körsatuvçi «VODIY MAXSUS SANITAR TRANS» MÇJga rasmiy sörov yuborilib, holatga oydinlik kiritiş söraldi.
Xizmat körsatuvçi taşkilot vakili hamda tuman filiali xodimlari murojaatçi bilan birgalikda xonadonga borib, vaziyatni örganişdi. Suhbat davomida çiqindilarni olib çiqiş grafigi böyiça amalga oşirilgan işlar yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi.
Taşkilotning tuşuntirişiça, çiqindilarni olib çiqiş kuni haydovçi fuqaro bilan telefon orqali boğlangan, biroq çiqindilar xonadon oldiga olib çiqib qöyilmagani sababli ularni olib ketiş amalga oşmagan. Şuningdek, atrofdagi qöşnilar bilan ham suhbat ötkazilib, holat yuzasidan tuşuntirişlar olingan.
Örganiş jarayonida aholiga çiqindilarni olib çiqiş grafigi har haftaning çorşanba va payşanba kunlariga belgilangani, boşqa kunlarda esa çiqindilarni köçaga çiqarib qöymaslik lozimligi tuşuntirildi.
Şundan söng xizmat körsatuvçi taşkilot tomonidan belgilangan grafik asosida xizmat körsatilişi haqida qöşimça ma’lumot berildi. Murojaat böyiça örganiş natijalari fuqaroga ham rasmiy javob xati orqali yetkazildi.
Uşbu holat maişiy çiqindilarni olib çiqib ketiş xizmatida aniq grafik va özaro kelişilgan tartibga amal qiliş muhimligini körsatadi.
Xizmat körsatuvçi taşkilot çiqindilarni belgilangan kun va tartibda olib çiqib ketişni ta’minlaşi, iste’molçi esa çiqindilarni olib çiqiş vaqti va joyi böyiça belgilangan talablarga rioya qilişi lozim.
Agar xizmat öz vaqtida körsatilmasa yoki belgilangan grafik buzilsa, iste’molçi xizmat körsatuvçi taşkilotga, şuningdek, iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatlariga murojaat qilişi mumkin.



Отправить комментарий