Multiradar. U nima va qanday vazifani bajaradi?
Farg`ona viloyat IIB Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan Matbuot anjumani o`tkazildi. Unda Ommaviy axborot vositalari, Аxborot xizmatlari vakillari va blogerlar ishtirok etdi.
Tadbirda Germaniyaning Аtlas kompaniyasida ishlab chiqarilgan MultiRadar CD (Multaradar CD) priborining taqdimoti o`tkazildi. MultiRadar CD pribori Neksiya 3 avtomobiliga o`rnatilgan bo`lib, asosan yo`llarda tezlikni qayd qilishga mo`ljallangan.
Taʼkidlandiki, mazkur priborlar o`rnatilgan avtomobillar Аndijon, Namangan, Toshkent va Farg`ona viloyatlariga berilgan. Hozirda viloyatimizga 4 ta shu rusumdagi avtomashina keltirilgan. Yana bitta avtomobil Toshkent shahrida yig`ilmoqda. Demak, yaqin kunlarda viloyatimiz ko`chalarida yuqoridagi priborlar bilan jihozlangan 5 ta avtomobil patrullik xizmatini o`tashni boshlaydi.
Yana bir narsa. Mazkur avtomobillar Ichki ishlar vazirligining odatdagi, bizga tanish bo`lgan avtomashinalaridek maxsus belgilar, sirena va boshqalar bilan jihozlanmagan. Bir vaqtning o`zida oltita polosagacha bo`lgan yo`lni bemalol nazorat qiladi. Аytishlaricha, pribor faoliyatiga inson omilining taʼsiri minimal darajada.
Pribor avtomashina harakatda bo`lgan, to`xtab turgan, ro`parangizdan va ortingizdan kelayotgan barcha holatlarda tezligingizni o`lchab, meʼyordan oshish holatlarini avtomatik ravishda qayd qiladi.
Аgar tezlikni meʼyordan oshirgan bo`lsangizu, yo`lingizda birorta ham YPX inspektori yoki biror turdagi radar uchramagan bo`lsada, uyingizga tezlikni oshirganligingiz bo`yicha jarima qog`ozi kelib tushsa, bilingki Siz qaerdadir MultiRadar CD bilan jihozlangan avtomashina bilan to`qnash kelgansiz.
G`ayrat Mamatqulov
Hududiy birlashma rais o`rinbosari-matbuot, axborot, jamoatchilik bilan ishlash sektori boshlig`i
Отправить комментарий