Hamkorlik davom etadi
Hududiy birlashma tomonidan 2020 yilning 1-choragida amalga oshiriladigan ishlar bo`yicha yo`l xaritasiga ko`ra, viloyatimiz hududidagi taʼlim muassasalarida “Men – yosh isteʼmolchiman” mavzusida turli shakllardagi tadbirlar tashkillanib, unda mazkur muassasalarning o`qituvchi va o`quvchilari ishtirok etmoqdalar.
Farg`ona tumanidagi 19-umumtaʼlim maktabida o`tkazilgan davra suhbati ham yuqoridagi yo`l xaritasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida tashkillandi. Tadbir doirasida isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishga daxldor bo`lgan amaldagi qonunchilikni keng targ`ib qilish, bu borada aholining, shu jumladan yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish, isteʼmolchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida Federatsiya va uning hududiy organlari tomonidan olib borilayotgan ishlar yuzasidan atroflicha maʼlumotlar berib o`tildi.
Tadbirda so`z olganlar tomonidan barchaning isteʼmolchiligi, shundan kelib chiqqan holda isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish to`g`risidagi qonunchilik asoslarini o`rganish har bir inson uchun katta ahamiyat kasb etishi yuzasidan fikrlar bildirildi. Shundan kelib chiqqan holda, maktab jamoasi va Federatsiya o`rtasida olib borilayotgan ijtimoiy sheriklik va hamkorlikni tizimli asosda davom ettirishga kelishib olindi.
Hududiy birlashma Аxborot xizmati
Отправить комментарий