Isteʼmol madaniyatini targ`ib qilish yo`lida

Isteʼmol madaniyatini targ`ib qilish yo`lida

Аvval ham xabar berib o`tganimizdek, hududiy birlashma tomonidan 2020 yilning birinchi choragida amalga oshiriladigan ishlar bo`yicha yo`l xaritasiga ko`ra, viloyatimiz hududidagi taʼlim muassasalarida “Men – yosh isteʼmolchiman” mavzusida turli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar o`tkazilmoqda.
Boshqa taʼlim muassasalarida bo`lgani kabi, Farg`ona tumanidagi 55-umumtaʼlim maktabida o`tkazilgan seminar ham mavzu yuzasidan qizg`in bahs va munozaralarga, savol-javoblarga boy tarzda o`tdi. Ishtirokchilarga mamlakatimizda isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilishga oid qonunchilik, isteʼmolchilik ijtimoiy harakati, isteʼmolchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida olib borilayotgan ishlar, yuqoridagi jarayonlarda Federatsiya va uning hududiy ijro etuvchi organlari ishtiroki yuzasidan maʼlumotlar berib o`tilgach, seminar qatnashchilari o`zlarining kundalik turmush faoliyati davomida isteʼmolchilik masalalarida duch kelayotgan muammo va kamchiliklar borasida o`z fikr va mulohazalarini bildirib o`tdilar. Bildirilgan fikrlar ko`proq aholiga kommunal xizmatlar ko`rsatish, elektr energiyasi taʼminoti masalalariga taalluqli bo`ldi.
Tadbir doirasida foydalanilgan energiya manbalari uchun to`lovlarni o`z vaqtida amalga oshirib borish, isteʼmolchilik sohasiga oid muamolarga duch kelinganda isteʼmolchi tomonidan amalga oshirilishi lozim bo`lgan hatti-harakatlar, Federatsiya va uning hududiy ijro etuvchi organlariga o`z muammolari bilan murojaat qilish to`g`risida yo`l-yo`riq va ko`rsatmalar berib o`tildi.
O`tkazilgan tadbir natijalariga ko`ra, maktab jamoasining Federatsiyani Farg`ona tuman jamiyati bilan yaqindan ijtimoiy sheriklik va hamkorligini davom ettirilishiga kelishib olindi.

Hududiy birlashma Аxborot xizmati

Отправить комментарий