Futbol musobaqasiga start berilmoqda

Futbol musobaqasiga start berilmoqda

#barqaror_istemolchi #рациональный_потребитель

Hududiy birlashmaning 2020 yil 1-chorakda amalga oshiriladigan ishlar bo`yicha yo`l xaritasiga ko`ra, xodimlar o`rtasida sog`lom turmush tarzini targ`ib qilish maqsadida «Salomatlik — tuman boylik» shiori ostida turli sport tadbirlari uyushtirib borish ko`zda tutilgan.
Аna shu yo`l xaritasi asosida ishlab chiqilgan chora-tadbirlarga ko`ra bugun Furqat tumani Navbahor qishlog`ida joylashgan 1-Bolalar va o`smirlar sport maktabi stadionida Federatsiyaning Farg`ona viloyatidagi tashkilotlari tizimida faoliyat olib borayotgan xodimlar o`rtasida futbol musobaqasiga start berilmoqda.
Tizim xodimlari Farg`ona-1, Farg`ona-2. Qo`qon-1 va Qo`qon-2 jamoalariga bo`lingan holda o`zaro kuch sinashadilar.
Musobaqani 15 mart “Butunjahon isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish kuni” arafasida tashkil etilayotganligi va mazkur sana tizim xodimlari uchun kasb bayrami sanalishi unga o`zgacha ruh bag`ishlashi kutilmoqda.

Hududiy birlashma Аxborot xizmati

Отправить комментарий