Musobaqada qo`qonliklar g`olib bo`ldi

Musobaqada qo`qonliklar g`olib bo`ldi

#barqaror_istemolchi #рациональный_потребитель

Furqat tumani Navbahor qishlog`ida joylashgan 1-Bolalar va o`smirlar sport maktabi stadionida Federatsiyaning Farg`ona viloyatidagi tashkilotlari tizimida faoliyat olib borayotgan xodimlar o`rtasida futbol musobaqasi o`tkazilishi to`g`risida xabar berib o`tgandik.

Kutilganidek, jami 4 ta jamoa ishtirok etgan musobaqa jiddiy kurashlar ostida o`tdi. Musobaqa boshlanishidan oldin unda Farg`ona — 1 yoki Qo`qon — 1 jamoalaridan biri g`olib bo`lishi taxmin qilingan edi. Qarangki, kutilmaganda har ikki o`yinda ham raqiblarini dog`da qoldirgan Qo`qon — 2 jamoasi musobaqa g`olibi bo`ldi.
Musobaqa natijalariga ko`ra, Qo`qon — 1 jamoasi ikkinchi, Farg`ona — 1 jamoasi esa uchinchi bo`ldi. Har ikki o`yinda ham raqiblaridan mag`lubiyatga uchragan Farg`ona — 2 jamoasi esa muxlislarining ishonchini oqlay olmadi.
Hududiy birlashma tizimidagi xodimlar o`rtasida sog`lom turmush tarzini targ`ib qilish maqsadini ko`zlovchi “Salomatlik – tuman boylik” shiori ostidagi bu kabi sport tadbirlari tizimli asosda davom ettirib boriladi.

Hududiy birlashma Аxborot xizmati

Отправить комментарий