O`zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashining fatvosi eʼlon qilind
O`zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi koronavirus tarqalishining oldini olish yuzasidan yurtimizdagi musulmonlarga murojaat va chaqiriq bilan chiqdi.
1. Mamlakatda epidemiologik vaziyat barqarorlashgungacha juma namozlari o`rniga uyda peshin namozini o`qisinlar. Shuningdek, besh vaqt namozlarni ham uyda ado etsinlar.
2. Janoza namozlari vafot etganning yaqin qarindoshlari ishtirokida xonadonlarda o`qilsin.
3. Masjidlarda namoz vaqtini bildirish uchun azon o`z vaqtida aytilsin.
4. Mo`min-musulmonlar imkon qadar kasallikni tarqalishining oldini olishga o`z hissalarini qo`shsinlar.
5. Har bir musulmon ibodatlar va duolarda Аlloh taolodan ushbu kasallikni daf qilishini so`rab, ixlos bilan iltijo qilishlari lozim.
6. Dinimiz poklikka buyurar ekan, kasallikning oldini olish borasidagi Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan tavsiya etilgan ko`rsatmalarga qatʼiy amal qilish har bir musulmonning vazifasidir.
7. Karantin davrida masjidlar va tahoratxonalarda Sog`liqni saqlash vazirligi tavsiyalari asosida davriy dezinfektsiya ishlari o`tkazilsin.
8. Bunday vaziyatlarda oziq-ovqat, dori-darmon va boshqa zarur vositalarni narxini oshirish, sunʼiy ravishda taqchillikni yuzaga keltirish hamda aholi o`rtasida turli vahimali xabarlarni tarqatish sharʼan haromdir.
Ushbu fatvo virus aniqlangan musulmon mamlakatlar hamda boshqa o`lkalardagi yirik islomiy tashkilotlar va ulamolarning ushbu masaladagi fatvo hamda xulosalarini hisobga olgan holda qabul qilindi.
@koronavirusinfouz
#vahimasizkarantin
#карантинбезпаники
Отправить комментарий