Narx-navolar jamoatchilik kuzatuviga olindi
Barchangizga maʼlum hukumatimiz tomonidan koronavirus xavfi sababli Respublikamizda karantin eʼlon qilindi. Mazkur holatda fuqarolarimizdan sarosimaga tushmasdan, tibbiyot xodimlari tomonidan berilgan tavsiyalarga qatʼiy amal qilgan holda o`zlarini va yaqinlarini virusdan himoya qilish choralarini ko`rishlarini so`raymiz.
Hukumatimiz tomonidan mazkur holatda ayrim noinsof tadbirkorlarning narx-navoni asossiz oshirishiga yo`l qo`ymaslik bo`yicha Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda Davlat soliq qo`mitasiga tegishli chora-tadbirlarni belgilash yuzasidan topshiriq berildi.
Respublikamizda oziq-ovqat va boshqa zaxiralar yetarli darajada g`amlangan, bu bo`yicha hech qanday sarosimiga o`rin yo`q.
O`zbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan barcha tuman, shaharlarda narx-navolarni kuzatib boruvchi jamoatchilik ishchi guruhlari shakllantirilib, mazkur ishchi guruhlarga Federatsiyaning 600 nafardan ortiq xodimi jalb qilindi.
ESLАTMА: agar Siz ayrim insofsiz tadbirkorlik subʼektlari tomonidan narxlarning asossiz oshirilishiga guvohi bo`lsangiz, Davlat soliq qo`mitasining (71) 244-98-98 «Ishonch telefoni” yoki qisqa “1198” raqamli Call-markazga, shuningdek, Federatsiyaning “1091” qisqa raqamli ishonch telefoniga murojaat qilishingizni so`raymiz.
Federatsiya Matbuot xizmati
Отправить комментарий