Mantiqasqon sifatsiz chiqdi
Quva tumani Xonobod qishlog`ida yashovchi fuqaro N.Xudoyberdieva tumandagi isteʼmol krediti savdo do`konidan sotib olgan mantiqasqoni sifatsiz chiqqanligi yuzasidan Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga qilgan murojaati o`rganib chiqildi. O`rganish natijalariga ko`ra quyidagilar maʼlum bo`ldi:
Isteʼmolchi “IDEAL MEGA SAYQAL” MChJga qarashli kredit savdo do`konidan 250 000 (ikki yuz ellik ming) so`mga, pulini to`liq to`lash yo`li bilan, mantiqasqon sotib olgan. Lekin birinchi marotaba ishlatish jarayonidayoq mantiqasqonning ichki qismi qorayib qolgan. U savdo do`koniga kelib mazkur holat yuzasidan o`z eʼtirozlarini bildirgan va tovarni maqbul sifatdagisiga almashtirishni talab qilgan. Lekin unga rad javobi berilgan. Shundan so`ng isteʼmolchi masalani yechimi bo`yicha amaliyy yordam ko`rsatilishini so`rab Federatsiya ishonch telefoniga murojaat qilishga majbur bo`lgan.
Isteʼmolchi murojaatini o`rganish jarayonida savdo do`koni masʼullari bilan uchrashilib, “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish to`g`risida”gi qonun va “O`zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari” talablari yuzasidan suhbatlashildi. Ularga ushbu holatda isteʼmolchining talabi qonuniy ekanligi maʼlum qilinib, mazkur holatda soutvchining tovarni maqbul sifatdagisiga almashtirish yoki tovar uchun to`langan pulni qaytarish bo`yicha majburiyatlari tushuntirildi. Tushuntirishlar natijasida esa savdo do`koni masʼullari tomonidan isteʼmolchi N.Xudoyberdievaga nuqsonli tovarning puli to`liq qaytarilishiga erishildi.
Feruza Umurzaqova
Quva tumani IHHQ jamiyati xodimi
Отправить комментарий