Isteʼmolchi qisman haq bo`libchiqdi
Farg`ona viloyatining O`zbekiston tumanida yashovchi N.J. O`zbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga murojaat qilib, gaz va elektr taʼminoti idoralarining har biri uning xonadoniga nisbatan 200 000 (ikki yuz ming) so`mdan asossiz qarzdorlik hisoblashayotganligini maʼlum qilib, muammoni yechimini topilishida amaliy yordam ko`rsatilishini so`ragandi. Tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan o`tkazilgan o`rganishlar esa masala yuzasidan isteʼmolchining qisman haqligini ko`rsatdi.
Xususan, MIB xodimi tomonidan adashib, xonadonga yangitdan o`rnatilgan gaz hisoblagichning 00000,757 m3 ko`rsatkichini 757 m3 hajmida isteʼmol qilingan tabiiy gaz sifatida qayd qilishi oqibatida isteʼmolchida 200 (ikki yuz) ming so`mdan ortiqroq qarzdorlik yuzaga keladi. Isteʼmolchi 225 000 (ikki yuz yigirma besh ming) so`m miqdorida to`lovni amalga oshiradi.
Elektr taʼminoti masalasiga kelsak, isteʼmolchi tomonidan bu borada haqiqatan ham to`lovlarni o`z vaqtida amalga oshirib borilmaganligi oqibatida unda 251 000 (ikki yuz ellik bir ming) so`m qarzdorlik yuzaga kelganligi maʼlum bo`ldi.
O`rganishlar natijalariga asoslanib, isteʼmolchiga tabiiy gaz to`lovlaridan qarzdorligi yo`qligi, u tomonidan amalga oshirilgan 225 000 so`m mablag` esa gaz uchun oldindan to`lov sifatida qayd qilinganligi, elektr energiyasi isteʼmoli bo`yicha yuzaga kelgan 251 000 so`m qarzdorlikni esa tezlikda bartaraf etish choralari ko`rilishi lozimligi yuzasidan yozma ravishda tushuntirishlar berilib javob xati yuborildi.
Zoxidjon Ergashev
O`zbekiston tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Отправить комментарий