Isteʼmolchining buyumiga putur yetkazildi
Kimyoviy tozalash korxonasiga topshirgan buyumiga putur yetkazilganligini ko`rib ayolning jig`ibiyroni chiqdi. Ushbu holatda nima qilish kerak?
“Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish to`g`risida”gi qonunning 4-moddasiga ko`ra, isteʼmolchi hayoti, sog`lig`i va mol-mulki uchun xavfli nuqsoni bo`lgan tovar (ish, xizmat), shuningdek, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi)ning g`ayriqonuniy harakati (harakatsizligi) tufayli yetkazilgan moddiy ziyon, maʼnaviy zararning to`liq hajmda qoplanishi huquqiga ega.
Qonunning 19-moddasiga asosan, ijrochi ayrim turdagi ishlarni bajarish (xizmatlar ko`rsatish) qoidalarida yoki shartnomada belgilangan muddatda, hajmda va sifatda ishni bajarishi (xizmat ko`rsatishi) shart.
Xuddi shu moddaning o`ninchi qismiga ko`ra, isteʼmolchidan qabul qilib olingan ashyo (material) yo`qolgan, ishdan chiqqan, unga putur yetgan taqdirda yoki isteʼmolchining materialidan foydalanib bajarilgan ishda jiddiy nuqsonlar bo`lsa yo u buzib bajarilgan taqdirda ijrochi isteʼmolchiga aynan o`xshash sifatli ashyoni qaytarishi (o`zining aynan o`xshash sifatli materialidan ish bajarishi yoki xizmat ko`rsatishi), buning imkoniyati bo`lmagan taqdirda esa, ashyoning (materialning) talab qo`yilgan paytdagi qiymatini ikki baravar qilib to`lashi shart.
Video nuqtainazar.uz tomonidan tayyorlangan
Hududiy birlashma Axborot xizmati
Отправить комментарий