Jamoatchilik nazorati tadbirlari oʼtkazilmoqda

Jamoatchilik nazorati tadbirlari oʼtkazilmoqda

 

O`zbekiston Respublikasining “Jamoatchilik nazorati to`g`risida”gi, “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish to`g`risida”gi qonunlari asosida, shuningdek O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 maydagi “Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PF-5430-sonli Farmoni bilan nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini yanada qo`llab-quvvatlash, ularning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida faol ishtirokini taʼminlash borasida belgilangan topshiriq va vazifalardan kelib chiqib hamda fuqarolarning isteʼmol sohasida xavfsizligini taʼminlash, respublikamizda koronavirus kasalligi tarqalishini oldini olish, aholining sanitar-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlash borasida olib borilayotgan ishlarga hissa qo`shish maqsadida Federatsiyaning Farg`ona viloyat hududiy birlashmasi tomonidan ishlab chiqilgan alohida buyruq asosida tuman hududidagi korxona, tashkilot, idora va muassasalarda jamoatchilik monitoringi va jamoatchilik fikrini o`rganish ishlari o`tkazilmoqda.

— Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan Farg`ona viloyatining barcha shahar va tumanlari yashil hudud deb eʼtirof etilgan bo`lsada, bu bizga xotirjamlikka berilishga asos bo`lmaydi, — deydi Bag`dod tuman jamiyati raisi Sh.Muxamov. – Har bir fuqaro vaziyatni to`g`ri baholagan hamda atrofida yuz berayotgan voqea-hodisalarga befarq bo`lmagan holda, soha mutaxassislari tomonidan berilayotgan ko`rsatmalarga, karantin tartib-qoidalariga og`ishmay rioya etishi, mazkur kasallikni yuqtirib olmaslik birinchi navbatda o`ziga va yaqinlarining bu borada hushyorligiga bog`liqligini unutmasligi lozim. Hududimizdagi manfaatdor korxona va tashkilotlar hamda hamkorlar bilan birgalikda o`tkazilayotgan ushbu o`rganish va tahlil ishlaridan ko`zlangan eng asosiy maqsad ham nafaqat joylarda fuqarolarning isteʼmol xavfsizligini taʼminlash, qonun va qoidalar talablarini qay daraja ijro etilayotganligini o`rganishgina emas, balki xalqimizning bu boradagi xabardorligi qay darajadaligini ham bir qator tahlildan o`tkazishdir.

Shu kuni o`rganish va tahlil ishlarini o`tkazuvchi guruh aholiga yo`lovchi tashish xizmatlari ko`rsatish hamda boshqa bir qator xizmat ko`rsatish sohalarida faoliyat olib borayotgan xo`jalik yurituvchi subʼektlar faoliyati bilan tanishdilar. Shuningdek, karantin talablariga qatʼiy rioya etgan holda, tumandagi Аmirobod va Qorako`l MFY faollari hamda fuqarolar o`rtasida tushuntirish va targ`ibot hamda intervʼyu shaklida ijtimoiy so`rovnoma ishlarini o`tkazdilar.

Dilorom Mirzaeva

Bag`dod tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий