Karantinga amal qilaylik

Karantinga amal qilaylik

 

Fuqarolarimizning isteʼmol sohasida xavfsizligini taʼminlash, respublikamizda koronavirus kasalligini tarqalishini oldini olish, aholining sanitar-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlash borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Toshloq tumanida jamoatchilik monitoringi ishlari olib borildi.
Tuman jamiyati mutaxassislari va tuman sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi xodimlari hamkorligida oʼtkazilgan o`rganuvda yuqoridagi masalalar yuzasidan jamoatchilik fikr-mulohazalari bilan tanishildi. Tuman markazidagi tashkilotlar, bozor, savdo do`konlari, umumiy ovqatlanish obʼektlari, xizmat ko`rsatish shahobchalari hamda jamoat transportlarida pandemiya sharoitida karantin qoidalariga qay darajada amal qilinayotganligi o`rganildi.
Jumladan aktsiyadorlik tijorat Xalq banki Toshloq tuman filialida bo`lganimizda bank xodimlari va mijozlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, dezinfektsiyalash vositalari bilan taʼminlanganligi va xizmat ko`rsatish talablariga qay darajada rioya etib kelinayotganligi bilan yaqindan tanishildi. Bank mutaxassisi Davlatjon Yusupov biz bilan suhbatda ayni pandemiya davrida mijozlarga qoidalarga qatʼiy amal qilgan holda xizmat ko`rsatilayotgani, xodimlar tinimsiz antiseptik vositalar bilan taʼminlanayotgani, ijtimoiy masofa talablariga rioya etib kelinayotganini taʼkidlab o`tdi. Bank muassasasida isteʼmolchilar uchun zarur boshqa maʼlumotlar ham bank mijozlari tanishishi uchun qulay joylarga o`rnatilgan. Bank masʼullari bilan suhbatda mijozlarga xizmat ko`rsatishda isteʼmol xavfsizligiga oid amaldagi qonunchilik talablari doirasida ish olib borish joizligi yana bir bor eslatib o`tildi.
Tuman sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi mutaxassisi Isaqjon Tojiboev hamkorligida tuman dehqon bozori va savdo shahobchalarida karantin qoidalari talablariga qay darajada amal qilib kelinayotganligini o`rganish bilan birga jamoatchilik o`rtasida intervyu shaklida so`rovnomalar ham o`tkazildi. Eʼtiborlisi, aholi bilan muloqotlarda ularning aksariyati koronavirus kasalligi, undan o`zi va yaqinlarini himoyalash borasida yetarli maʼlumot va tushunchalarga ega ekanliklari qayd qilinmoqda.
O`rganish va tahlil ishlari davom ettirilmoqda.

Husnidaxon Yakubova,
Toshloq tuman jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий