Karantin qoidalari va isteʼmol xavfsizligi

Karantin qoidalari va isteʼmol xavfsizligi

 

 

Hududda koronavirus kasalligi (COVID-19) tarqalishini oldini olish ishlariga hissa qo`shish, pandemiya sharoitida aholining iste’mol sohasida xavfsizligini ta’minlash maqsadida savdo, xizmat ko`rsatish va boshqa ob’ektlarda “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to`g`risida”gi qonun talablari ijrosi yuzasidan hamda iste’molchilarning iste’mol xavfsizliklarini ta’minlash maqsadida jamoatchilik monitoringi va jamoatchilik fikrini o`rganish yo`li bilan ijtimoiy so`rovnomalar o`tkazilmoqda.

Tuman jamiyati mutaxassislari o`rganish ishlari doirasida hududdagi aholi bilan yaqindan va to`g`ridan-to`g`ri aloqada ish olib boruvchi tijorat banklarida ham bo`lishib, bu borada olib borilayotgan ishlar bilan tanishdilar. O`rganishlar davomida hududdagi Аsaka bank, Аgrobank va Xalq banklarining tuman filiallarida aholining isteʼmol xavfsizligini taʼminlash borasida yetarli darajada va tizimli asosda ishlar olib borilayotganligi qayd qilindi.

Tijorat banklari ishchi xodimlari hamda yuqoridagi bank muassasalariga kelib ketuvchi mijozlarni tana haroratlarini o`lchash uchun ma’sul xodimlar biriktirilgan, xodimlar va mijozlarning tibbiy niqobda bo`lishi, antiseptik vositalardan foydalangan holda qo`llarini dizenfektsiya qilishlari va ijtimoiy masofa saqlashlari nazoratga olingan.

Аlbatta, mazkur ishlarni tashkil etish hamda nazorat qilishdan asosiy maqsad aholi xavfsizligini ta’minlashga qaratilganligini, o`zimiz va yaqinlarimizning sog`ligini asrashga barchamiz birdek ma’sulligimizni unutmasligimiz zarurligini yana bir bor taʼkidlab o`tish o`rinli bo`lar edi.

Dilobar Dadahonova
Oltiariq tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий