Yo`lovchi tashish faoliyati o`rganilmoqda

Yo`lovchi tashish faoliyati o`rganilmoqda

 

Bugun dunyoda yuzaga kelgan vaziyat barcha soha vakillaridan koronavirus kasalligi tarqalishini oldini olish bo`yicha karantin talablariga qatʼiy amal qilishni taqozo qilmoqda. Shu nuqtai nazardan, Bag`dod tuman hokimligi rahbarligida hududdagi barcha yo`nalishlarda aholiga transport xizmati ko`rsatuvchilarning amaldagi doimiy va vaqtinchalik tartib-qoidalarga qatʼiy rioya etishlari ustidan nazorat yo`lga qo`yilib, kunlik tahliliy o`rganish olib borilmoqda. O`rganish ishlariga tuman hokimligi, Transport bo`limi, IIB yo`l patrul xizmati, soliq inspektsiyasi, adliya bo`limi, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati, osoyishtalik markazi, Toxir-Bag`dod televideniesi, xususiy avtokorxonalarning masʼullari jalb qilingan.

O`rganish ishlari asosan yo`lovchi tashish faoliyati bilan shug`ullanayotgan korxonalar va ularning tasarrufidagi haydovchilar tomonidan karantin tartib-qoidalariga amal qilinishi, turli infektsion kasalliklar tarqalishini oldini olish chora-tadbirlari ko`rilayotganligi, avtomashinalarning sanitariya holatini talab darajasida saqlash, o`tkazilayotgan dizenfektsiya ishlari, yo`lovchi tashish sohasida tasdiqlangan tariflarga amal qilinishi va boshqa talablarning bajarilishiga qaratilgan.

 

Dilorom Mirzaeva

Bag`dod tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий