Nuqsonli tovar almashtirildi

Nuqsonli tovar almashtirildi

 

Buvayda tumani Qoraqum mahalla fuqarolar yig`ini hududida istiqomat qiluvchi J. Mamadaliev Yangiqo`rg`on qishlog`ida joylashgan xo`jalik mollari savdo do`konidan o`z bank plastik kartochkasi orqali 262 000 (ikki yuz olmish ikki ming) so`mga, suyultirilgan gazda ishlovchi plita sotib olgan. Gaz plita uyga keltirilib, ovqat pishirish uchun ishlatish jarayonida uning tepa qismidagi oynasi o`z-o`zidan darz ketadi. Isteʼmolchi bu haqda sotuvchiga aytadi. Lekin sotuvchi yuzaga kelgan holatda ayb isteʼmolchining o`zida degan vaj bilan uning qonuniy talablarini bajarmagan.

Isteʼmolchi yuzaga kelgan holatda amaliy yordam ko`rsatilishini so`rab Buvayda tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qiladi. Tuman jamiyati xodimlari tomonidan sotuvchiga O`zbekiston Respublikasining “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish to`g`risida” gi qonuni 11-moddasi (Ishlab chiqaruvchi (ijrochi)ning kafillik majburiyatlari), 13-moddasi (Isteʼmolchiga nuqsonli tovar sotilganda uning huquqlari) va 14-moddasi (Nuqsonli tovarni almashtirib berish tartibi) talablari yuzasidan tushuntirishlar berilgandan so`ng, sotuvchi o`z ixtiyori bilan kafolat muddati davrida nosoz holatga kelgan tovar (gaz plita)ni xuddi shu markadagi, maqbul sifatdagi yangi gaz plitasiga almashtirib berdi. O`zining isteʼmolchi sifatidagi qonuniy huquqlari tiklanganligidan xursand bo`lgan J. Mamadaliev tuman jamiyatiga minnatdorchilik bildirdi.

Mirzoxid Nuraliev,

Buvayda tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий