Ta’minotdagi uzilishlar sabab jadvaldan chetga chiqish holati kelib chiqqan

Ta’minotdagi uzilishlar sabab jadvaldan chetga chiqish holati kelib chiqqan

Beshariq tumanilik X.Sultonov o`zi yashayotgan hududga suyultirilgan gaz o`z vaqtida jadval asosida yetkazib berilmayotganligi xususida Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga murojaat qilgandi.

Murojaat asosida tuman gaz idorasida o`tkazilgan o`rganishlar haqiqatan ham suyultirilgan gaz taʼminotidagi uzilishlar sabab jadvaldan chetga chiqish holati kuzatilganligini ko`rsatdi. O`rganish ishlarini o`tkazish davomida ushbu muammo bartaraf etilib, tuman hududlarini suyultirilgan gaz bilan jadval asosida taʼminlash yo`lga qo`yildi.

Beshariq tumani gaz taʼminoti korxonasi rahbarining №146-raqamli javob xati bilan, murojaat asosida fuqaro X.Sultonov hamda u istiqomat qilayotgan hudud aholisi xonadonlari to`liq suyultirilgan gaz bilan taʼminlanganligi ham maʼlum qilindi.

 

Ulug`bek Jo`raev

Beshariq tumani IHHQ jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий