Sog`lom turmush tarzi – samarali mehnat asosi
O`zbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi Marg`ilon shahar jamiyati aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va xavfsizligini taʼminlash, koronavirus infektsiyasi tarqalishining oldini olishda mutasaddi davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari hamda tashkilotlarning muvofiqlashtirilgan faoliyatini tashkil etish, fuqarolarning hayoti va sog`lig`ini muhofaza qilish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2020 yil 23 mart kunidagi 176-sonli qarori va mazkur qaror bilan tasdiqlangan Nizom talablari asosida olib bormoqda.
Vakolatli idoralar va Federatsiya tomonidan karantin sharoitida oziq-ovqat tovarlari hamda kundalik ehtiyoj tovarlari narxlari asossiz ravishda oshib ketishini oldini olish, koronavirusning yengil shakllarini uyda davolash uchun zarur dori-darmonlarning dorixonalarda mavjud bo`lishi va narxlarining barqarorligini taʼminlash borasida, shuningdek Federatsiya faoliyati bilan bog`liq boshqa topshiriqlar asosida o`tkazilayotgan o`rganishlarning tezkor va o`z muddatlarida o`tkazib borilishini taʼminlash, shuningdek xodimlarga qulay shart-sharoitlar yaratish, ular o`rtasida sog`lom turmush tarzini targ`ib qilish maqsadida Marg`ilon shahar jamiyati xodimlarining murojaatlari qo`llab-quvvatlanib, ularni velosipedlar bilan taʼminlanishiga amaliy yordam ko`rsatildi. Natijada jamiyat xodimlariga o`z xizmat vazifalarini bajarishda qulay imkoniyatlar yaratildi.
Аʼzamxon Maxammadiev
Marg`ilon shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi
Отправить комментарий