Targ‘ibot tadbirlari O‘zbekiston tumanida ham bo‘lib o‘tmoqda

Targ‘ibot tadbirlari O‘zbekiston tumanida ham bo‘lib o‘tmoqda

Hududiy birlashma tomonidan alohida buyruq ishlab chiqilib, 25 yanvar’ kunidan 25 fevral’ kuniga qadar Targ‘ibot oyligi o‘tkazish, oylik doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga murojaatnomasi mazmun-mohiyatini aholining keng qatlamlariga yetkazish, jamiyatda jamoatchilik nazoratini yanada rivojlantirish va unda fuqarolarning keng ishtirokini ta’minlash, “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirish va targ‘ibot ishlarini yanada kuchaytirish ko‘zda tutilgan edi.

O‘zbekiston tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati rahbar va mas’ul xodimlari ham Targ‘ibot oyligida faol ishtirok etib kelmoqda. Ular tizimli asosda tumandagi korxona, tashkilot, idora va muassasalar ishchi xodimlari uchrashuvlar, davra suhbatlari va seminarlar tarzidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazib kelmoqdalar.

Rasmda Yong‘inga qarshi kurashish jamiyati tuman bo‘limi xodimlari bilan uchrashuvdan lavha.

Isomiddin Abbosov
O‘zbekiston tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий