Oltiariqda targ`ibot tadbirlari davom etmoqda
Oltiariq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan ham Targ‘ibot oyligi doirasidagi tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Jumladan 11-umumta’lim maktabida o‘tkazilgan uchrashuvda tuman jamiyati raisi, tuman Kengashi deputati Baxtiyor Abduraxmonov Prezidentimizning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasi mazmun-mohiyati yuzasidan to‘xtalib, Murojaatnomada mamlakatimizda jamoatchilik nazoratini keng yo‘lga qo‘yish, nodavlat-notijorat tashkilotlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yuzasidan berilgan topshiriqlardan kelib chiquvchi vazifalar, shuningdek bu borada Federatsiya va uning hududiy organlarining tutgan o‘rni va roli to‘g‘risida tadbir ishtirokchilariga ma’lumotlar berib o`tdi.
Tadbir doirasida mamlakatimizda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, ularning iste’molchilik huquqiy bilimlarini oshirish, iste’molchilik ijtimoiy harakatini yanada rivojlantirish yo‘nalishidagi ishlar bo‘yicha ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.
Tumanda bu kabi tadbirlar tizimli asosda davom ettirilmoqda.
Dilobar Dadaxonova
Oltiariq tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Отправить комментарий