Beshariqda targ`ibot oyligi doirasidagi tadbirlar o`tkazilmoqda
Ma’lumki, tizimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2020 yilning 29 dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga murojaatnomasi mazmun-moxiyatini aholining keng qatlamlariga yetqazish maqsadida Targ‘ibot oyligi o‘tkazilmoqda.
Shu kunga qadar Beshariq tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tumandagi bir qator maktabgacha ta’lim muassasalarida bo‘linib, mazkur muassasalarning ishchi xodimlariga Murojaatnoma bilan belgilab berilgan vazifalar mazmun-moxiyati yuzasidan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
Tadbirlarda maktabgacha ta’lim muassasa xodimlarining iste’molchilik sohasiga oid savollariga javoblar qaytarish barobarida, ularni mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini barpo etish borasida olib borilayotgan islohotlarda faol ishtirok etishga chaqirildi.
Ulug‘bek Juraev
Beshariq tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Отправить комментарий