Uchko‘prik tuman jamiyati targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish borasida yetakchilardan biri bo‘lib turibdi
Tizim tashkilotlari ichida Uchko‘prik tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati targ‘ibot oyligi tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha yetakchilardan biri bo‘lib turibdi.
Bugun tuman jamiyati mas’ullari «Sobirjon» mahalla fuqarolar yig‘ini faollari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga murojaatnomasi mazmun-mohiyatini aholining keng qatlamlariga yetkazish, Murojaatnomada kelib chiqqan holda amaldagi iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni aholining keng qatlamlari o‘rtasida keng targ‘ib qilish yo‘nalishida targ‘ibot tadbirini o‘tkazish barobarida hududdagi 12-umumta’lim maktabida ham bo‘lishdi.
Tadbirlarda Murojaatnoma mazmun-mohiyati yuzasidan fikr va mulohazalar almashish barobarida, Federatsiyaning mamlakatimizda iste’molchilik ijtimoiy harakatini yanada rivojlantirish, iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoyalash, ularning huquqiy bilim saviyasi va iste’mol madaniyatini oshirish borasidagi ishlari yuzasidan ham atroflicha ma’lumotlar berib o‘tildi.
Nargizaxon Sheralieva
Uchko‘prik tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Отправить комментарий