Jajji iste’molchilarning ustozlari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi

Jajji iste’molchilarning ustozlari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi

O‘zbekiston tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o‘tkazilayotgan targ‘ibot tadbirlari bilan tumandagi maktabgacha ta’lim muassasalari ham qamrab olinmoqda. Sababi nafaqat mazkur muassasalarda tarbiyalanayotgan jajji bolajonlarimiz, balki tarbiyachilarning o‘zlari ham iste’molchi hisoblanishadi.

Targ‘ibot tadbirlari doirasida ishtirokchilarga iste’molchining huquq va majburiyatlari, uning huquq va manfaatlari qonun bilan kafolatlanganligi, shuning bilan birgalikda qonundagi huquqlaridan unumli foydalanishi uchun o‘zining majburiyatlarini ham unutmasligi borasida atroflicha tushuntirishlar berib borilmoqda.

Shuning bilan birgalikda, Federatsiya va uning hududiy organlari tomonidan iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida erishilayotgan natijalar yuzasidan ham atroflicha ma’lumotlar berib o‘tilmoqda.

Bugun yuqoridagi tadbirlar tumandagi 4 va 28-maktabgacha ta’lim muassasalarida davom ettirildi.

Rasmda 4-maktabgacha ta’lim muassasasida o‘tkazilgan tadbirdan lavha

Isomiddin Abbosov
O‘Zbekiston tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий