Ta’lim muassasalari xodimlariga iste’molchilik sohasi yangiliklari yetkazilmoqda

Ta’lim muassasalari xodimlariga iste’molchilik sohasi yangiliklari yetkazilmoqda

Qo‘qon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari hududdagi umumta’lim maktablarida bo‘lib, ta’lim muassasalari xodimlari o‘rtasida turli mavzularda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazib bormoqdalar.

Xususan, 32-umumta’lim maktabi o‘qituvchilari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasining “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlarining mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berib o‘tildi.

Shuningdek, Federatsiya va uning hududiy organlari tomonidan aholining iste’molchilik huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ichki bozorda sotilayotgan iste’mol tovarlari va ko‘rsatilayotgan xizmatlarning zarur sifati va xavfsizligini, hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining boshqa talablarini ta’minlash yuzasidan jamoatchilik nazorati tartibida o‘tkazilayotgan o‘rganishlar yuzasidan axborotlar berib o‘tildi.

Rasmda o‘tkazilgan tadbirdan lavha.

Asrorjon Mamatqulov
Qo‘qon shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий