Yuksak iste’mol madaniyatiga erishish uchun qanday ishlar amalga oshirilishi lozim?

Yuksak iste’mol madaniyatiga erishish uchun qanday ishlar amalga oshirilishi lozim?

Quva tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati 46-maktabgacha ta’lim muassasasida tashkillangan targ‘ibot tadbiri «Yuksak iste’mol madaniyati sari» deb nomlandi.

Unda so‘z olganlar bugungi kunda mamlakatimizda iste’molchilik ijtimoiy harakatini keng rivojlantirish, aholining iste’molchilik huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish, iste’molchilarning huquq va manfaatlarini yanada samaraliroq himoyasini ta’minlash boarsida fikr va mulohazalarini bildirdilar.

Tadbirda ta’kidlandiki, iste’molchilar o‘z huquqlarini yaxshi anglab olishlari barobarida, amaldagi qonunlar va qonunosti me’yoriy hujjatlari bilan belgilab berilgan majburiyatlarini ham unutmasliklari, o‘zgalarning huquqlariga nisbatan ham hurmat bilan yondoshishlari rivojlangan huquqiy jamiyat barpo etilishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu nuqtai nazardan, tumanda Federatsiya va maktabgacha ta’lim tizimi o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan ijtimoiy sheriklik va hamkorlik aloqalaridan unumli foydalangan holda, maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarining huquqiy bilimlarini tizimli ravishda oshirib borish maqsadga muvofiqdir.

Rasmda tadbirdan lavha.

Feruza Umurzaqova
Quva tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий