Hamkorlikda ish olib borish bo‘yicha istiqboldagi vazifalar belgilab olindi

Hamkorlikda ish olib borish bo‘yicha istiqboldagi vazifalar belgilab olindi

Barchamizga ma’lumki, respublikamizning barcha hududlarida «Mahallabay» ishlash bo‘yicha yangi tizim joriy qilinmoqda. Mazkur tizim joriy yilning 26 yanvar’ kunida o‘tkazilgan yig‘ilishda Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev tashabbusi bilan ilgari surilgan edi.

Barcha vazirlik, idora va muassalarda bo‘lgani kabi Federatsiya tizimida ham mazkur tizim faoliyatida faol ishtirok etish rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunda Federatsiya tizimidagi tashkilotlari tomonidan «Mahallabay» ishlash bo‘yicha tegishli vazifalarlar belgilab olingan.

Bugun hududiy birlashma raisi Axrorjon Raxmonaliyev yuqoridagi vazifalar ijrosini ta’minlash, bu boradagi tashkiliy masalalarni kelishib olish, shuningdek aholi muammolarini o‘rganish maqsadida Rishton tumanining Zohidon mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hamkorlikda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar yuzasidan mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Rasuljon Razzoqov bilan muzokaralar olib bordi.

Uchrashuv doirasida iste’molchilbk sohasiga oid masalalardagi mahalla ahlini qiynab turgan bir necha muammolarni hamkorlikda hal etish bo‘yicha ham kelishib olindi.

Rasmda uchrashuvdan lavha.

Hududiy birlashma Axborot xizmati

Отправить комментарий