«Iste’molchi kutubxonasi»ga tashrif
Farg`ona tumanidagi 20-umumta’lim maktabining bir guruh yuqori sinf o‘quvchilari maktab psixologi Manzuraxon Jo‘raeva boshchiligida tumandagi «Iste’molchilar uyi» qoshida tashkil etilgan kutubxonada bo‘ldilar.
O‘quvchilar kutubxonaning imkoniyatlari, undagi mavjud badiiy, ilmiy-ommabop ruhdagi kitoblar bilan tanishish asnosida tuman jamiyati mutaxassislardan iste’molchilarnig huquqlarini himoya qilish borasidagi qonunchilik yuzasidan ham qisqa mahorat darsi oldilar.
Yosh iste’molchilarni qiziqtirgan savollarga tuman jamiyati mutaxassislari Jahongir Nishonboev va Hiloldin G‘ofurovlar tomonidan javoblar qaytarildi.
Rasmda tadbirdan lavha aks etgan
Odiljon Junaydullaev
Farg‘ona tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Отправить комментарий