Butunjahon iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuni oldidan
Uchko‘prik tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tumandagi 53-maktabda 15 mart — Butunjahon iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuniga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi. Tadbirga maktabning o‘qituvchi va o‘quvchilari taklif etildi.
Dastlab o‘quvchilar O‘zbekiston Respublikasi «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonun moddalarini yoddan aytib berishdi.
Tuman jamiyati raisi Lazizbek Shodmonov, huquqiy himoya bo‘yicha bosh mutaxassisi Yorqinjon Ergashev, monitoring bo‘yicha mutaxassis Jahongir Qo‘zievlar tomonidan iste’molchilik ijtimoiy harakati tarixi, mamlakatimizda mazkur harakatni vujudga kelishi va taraqqiyoti, Federatsiya va uning hududiy organlari faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi yuzasidan batafsil tushunchalar berishdi.
Tadbir yakunida jamiyat tomonidan maktabning kutubxona fondiga badiiy kitoblar to‘plami sovg‘a qilindi.
Nargizaxon Sheralieva
Uchko‘prik tumani IHHQ jamiyati mutaxassisi
Отправить комментарий