Uchko‘prikda tayanch guruhlari bilan ishlash tadbirlari boshlandi

Uchko‘prikda tayanch guruhlari bilan ishlash tadbirlari boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoevning 2020 yil 29 dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini aholining keng qatlamlariga yetkazish, jamiyatda jamoatchilik nazoratini yanada rivojlantirish va unda fuqarolarning keng ishtirokini ta’minlash, «Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida»gi, «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirish va targ‘ibot ishlarini yana kuchaytirish maqsadida tizimimizda «Tayanch guruhlari bilan ishlash oyligi» deb e’lon qilindi.

Uchko‘prik tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan oylik doirasidagi tadbirlar 1-ixtisoslashgan davlat umumta’lim maktabida tashkillangan «Yuksak iste’mol madaniyati sari» mavzusidagi davra suhbati bilan boshlandi.

Nargizaxon Sheraliyeva
Uchko‘prik tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий