Suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berilishi borasidagi ishlar o‘rganilmoqda

Suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berilishi borasidagi ishlar o‘rganilmoqda

Xabar berib borayotganimizdek, tuman (shahar) iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari tomonidan hududning suyultirilgan gazga o‘tkazilgan aholi punktlarida ishlarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.08.2018 yildagi “Aholi va ijtimoiy soha ob’ektlariga kundalik hayotda foydalanish uchun suyultirilgan uglevorod gazini yetkazib berish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 646-sonli qarori talablari asosida tashkil etilganligi holatlarini o‘rganish bo‘yicha jamoatchilik nazorati tartibida kuzatuvlar olib borilmoqda.

Qo‘shtepa tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari ham aholiga suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berilishi jarayonlari bilan yaqindan tanishib, ushbu jarayonda amaldagi iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablari bajarilishini o‘rganuvdan o‘tkazmoqdalar. Shuning bilan birgalikda kuzatuv ishlari olib borilishi jarayonida xizmat ko‘rsatuvchilar va aholi vakillari amaldagi qonunchilik mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

Dildoraxon Xabibullaeva
Qo‘shtepa tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий