Hududiy birlashma xodimi o‘zi tahsil olgan maktabga tashrif buyurdi

Hududiy birlashma xodimi o‘zi tahsil olgan maktabga tashrif buyurdi

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 dekabrdagi 781-sonli qarori bilan «2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturi” tasdiqlanganidan ko‘pchiligimizning xabarimiz, albatta.

Milliy dasturga asosan belgilangan vazifalardan biri yosh avlodning o‘qishga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirish, kitobxonlarni ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish, faol kitobxonlar safini kengaytirishdan iborat bo‘lib, shu asoslarda har yilning aprel oyi birinchi haftasi “Kitobxonlik haftaligi” deb e’lon qilingan.

Hududiy birlashma Axborot xizmati rahbari G‘ayrat Mamatqulov ham «Kitobxonlik haftaligi» tadbirlariga o‘z hissasini qo‘shish maqsadida o‘zi tahsil olgan Dang‘ara tumanidagi 34-umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, maktab o‘quvchilarilari uchun kitoblar jamlamasini hadya qildi.

Shuningdek, u maktabga tashrifi davomida maktab o‘qituvchilariga mamlakatimiz iste’molchilik ijtimoiy harakati faoliyati yuzasidan qisqa axborotlarni ham berib o‘tdi.

Hududiy birlashma Axborot xizmati

Отправить комментарий