Iste’molchining huquq va burchlari nimalardan iborat?

Iste’molchining huquq va burchlari nimalardan iborat?

Uchko‘prik tumandagi 54-umumta’lim maktabida tashkillangan davra suhbati “Iste’molchi kim? Uning huquq va burchlari nimalardan iborat?” deb nomlandi.

Tadbirda yurtimizda jamoat tashkilotlarining jamiyatimiz hayotida tutgan o‘rni va rolini yanada oshirish, ularni bu borada keng miqyosda qo‘llab-quvvatlash, pirovardida ular tomonidan mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda qabul qilinayotgan qarorlar ustidan jamoatchilik nazoratini olib borishlariga sharoitlar yaratib berish maqsadida katta qadamlar qo‘yilayotganligi, shu nuqtai nazardan aholining huquqiy bilimlarini muntazam oshirib borish zaruriyati alohida ta’kidlab o‘tildi.

Tadbir davomida berilgan axborotlar va ishtirokchilarni yurtimiz iste’molchilik ijtimoiy harakatida faol ishtirok etishga chaqiriqlardan so‘ng ishtirokchilarning sohaga oid qiziqtirgan savollariga iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan batafsil javoblar qaytarildi.

Nargizaxon Sheraliyeva
Uchko‘prik tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий