Barchamiz — iste’molchimiz

Barchamiz — iste’molchimiz

Beshariq tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati ijro etuvchi apparatining 2021 yil 2-chorak uchun belgilangan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq axolining huquqiy va iste’mol madaniyatini oshirish maqsadida tumandagi davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida «Iste’molchi huquqlari qonun himoyasida» «Yuksak iste’mol madaniyati sari» mavzularida turli targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.

Tadbirlarda barchaning iste’molchi ekanligidan kelib chiqib, yurtimizda iste’molchilik ijtimoiy harakatini yanada rivojlantirish va bu boradagi jamoatchilik nazoratini keng yo‘lga qo‘yilishidan aholining barcha qatlamlari manfaatdorligiga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining shu yil dekabr’ oyida Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasida qabul qilinayotgan qarorlar ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini keng yo‘lga qo‘yish va unda jamoatchilikning keng ishtirokini ta’minlash bo‘yicha belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlashda Federatsiya va uning hududiy organlarining imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratib o‘tilmoqda.

Tadbirlar doirasida ishtirokchilarning iste’molchilik sohasiga oid savollariga tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan batafsil javoblar qaytarilmoqda.

Baxtiyor Juraev
Beshariq tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий