Ishchi guruhi Uchko‘prikda qurilish ob’ektlarini o‘rganmoqda
Federatsiyaning Qurilish vazirligi hamda O‘zbekiston Milliy Axborot Agentligi bilan imzolagan memorandumlari asosida hududlarda qurib foydalanishga topshirilgan hamda bugungi kunda qurilish ishlari davom ettirilayotgan qurilish ob’ektlari (bino, inshoot, turar joy binolari, yengil turdagi qurilmalar, vaqtinchalik qurilmalar)ning qurilish normalari va qoidalari, shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga mosligini o‘rganish bo‘yicha jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganishlar davom ettirilmoqda.
Avval xabar berib o‘tganimizdek, mazkur o‘rganishni o‘tkazishdan maqsad qurilish ob’ektlarida tegishli me’yoriy hujjatlarning mavjudligi, sifati va texnik reglamentlarga mosligi, qurilishda ishlatilayotgan materiallar va buyumlarning sertifikatlanganlik holati, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni saqlash talablariga rioya etilishi, mazkur ob’ektlardan imkoniyati cheklangan shaxslarning moneliksiz foydalanishlari uchun yaratilayotgan sharoitlar, ekologiya va atrof muhit xavfsizligi talablariga amal qilinishi va boshqa shu kabi talablar ijrosini ta’minlanganligi holatlari ko‘rib chiqish hamda o‘rganishlar natijalari bo‘yicha tegishli vakolatli davlat organlariga takliflar kiritishdan iborat.
Bugun hududiy birlashma Ishchi guruhi tomonidan Federatsiya topshirig‘ida belgilangan tartib va muddatlarda Uchko‘prik tumanida o‘rganish ishlari tizimli asosda davom ettirildi.
Hududiy birlashma Axborot xizmati
Отправить комментарий