Fuqarolar murojaati hamisha e’tiborda
Beshariq tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan Uzun mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi fuqaro X.Erkaboevning Federatsiyaning qisqa raqamli 1091 Ishonch telefoniga qilgan murojaati o‘rganildi.
Murojaatda iste’molchi suyultirilgan gaz ballonini navbatdagi almashtirish jarayonida, tuman gaz idorasi mas’ullari tomonidan gaz ballonining texnik ko‘rik muddati o‘tganligini vaj qilib ko‘rsatib almashtirib bermayotganliklaridan noroziligini bildirgan.
Ma’lum bo‘lishicha, gaz ballonini texnik ko‘rikdan o‘tkazish muddati 2021 yilning mart oyiga to‘g‘ri kelib, joriy yilning yanvar’ oyida fuqaro qo‘liga gaz balloni navbatdagi to‘ldirib topshirilayotgan vaqtda bu haqda tushuntirish berilmagan. Fuqaroni bildirishicha, u gaz ballonini ehtiyotlab, asosiy ehtiyoj — ovqat pishirish uchungina ishlatgani bois yanvar’ oyida olingan ballondagi suyultirilgan gaz navbatdagi almashtirish muddatidan ham ortiqroqqa yetgan. Ya’ni mart oyida navbatdagi gaz to‘ldirish vaqti kelgan paytda u ballonni gaz to‘ldirish uchun taqdim qilmagan. Buning natijasida u gaz ballonining texnik ko‘rik muddatidan ham bexabar qolgan.
Murojaat ta’minotchi korxona ma’sul xodimlari ishtirokida o‘rganib chiqilib, holat yuzasidan gaz ta’minoti idorasiga ma’lumotnoma kiritildi. Natijada fuqaro xonadoni suyultirilgan gaz balloni bilan ta’minlanib, muammo ijobiy yechim topdi.
Baxtiyor Juraev
Beshariq tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Отправить комментарий