Yangi hisoblagich yangisiga almashtirildi
Oltiariq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan G‘ayrat MFY Yangixayot ko‘chasida yashovchi A.Tursunalievning Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga qilgan murojaati o‘rganildi.
Iste’molchi o‘z murojaatida xonadoniga yangi onlayn tizimida ishlovchi ASKUE elektr hisoblagich o‘rnatilganligini, lekin oradan 10-15 kun o‘tmasdan hisoblagich kuyib qolganligini ma’lum qilgandi.
Fuqaroning murojatini tuman jamiyati mutaxassislari va elektr ta’minoti korxonasi mutaxassislari hamkorlikda o‘rganib chiqdilar. O‘rganish ishlari natijasida xonadondagi hisoblagich o‘rnatish ishlari sifatsiz bajarilganligi natijasida kuyib kolganligi ma’lum bo‘ldi. O‘tkazilgan o‘rganish ishlari natijasi bilan tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan xonadonga yangi hisoblagich o‘rnatib berildi.
O‘z murojaatiga ko‘rsatilgan e’tibor va erishilgan natijadan qoniqish hosil qilgan A.Tursunaliev Federatsiya xodimlariga minnatdorchiligini bildirdi.
Baxtiyor Abduraxmonov
Oltiariq tuman IHHQ jamiyati raisi, tuman kengashi deputati
Отправить комментарий