Doimiy hamkorlik olib borishga kelishib olindi
Marg‘ilon shahrida faoliyat olib borayotgan 7-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Iste’molchilarning xuquqlari” mavzusida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda sohaga oid amaldagi qonun va qoidalar mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berish barobarida, tadbir ishtirokchilarini o‘ylantirib kelayotgan muammolar yuzasidan ochiq muloqot ham tashkillandi.
Marg‘ilon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tadbir ishtirokchilarining savollariga javoblar qaytardilar hamda inson kundalik faoliyati davomida duch kelishi mumkin bo‘lgan holatlar bo‘yicha huquqiy tushuntirish va tavsiyalar ham berib o‘tdilar.
Tashkilot xodimlarining huquqiy bilimlarini doimiy ravishda oshirib borish, ularni qiynab turgan muammolarni tezkorlikda bartaraf etib borish maqsadida shahar jamiyati va ta’lim tashkiloti o‘rtasida doimiy hamkorlik va ijtimoiy sheriklik olib borishga kelishib olindi.
Saidxon Xapizov
Marg‘ilon shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi
Отправить комментарий