Shahar jamiyati jamiyati faollarining umumiy yig‘ilishi o‘tkazildi

Shahar jamiyati jamiyati faollarining umumiy yig‘ilishi o‘tkazildi

Joriy yil sentabr oyida respublikamizning barcha tuman va shaharlarida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlarining umumiy yig‘ilishlari o‘tkazilishi, oktabr oyida viloyat hududiy birlashmalarining, noyabr oyida Federatsiyaning navbatdagi Konferensiyasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Bugun Qo‘qon shahrida viloyatimiz tuman va shaharlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan umumiy yig‘ilishlarning dastlabkisi o‘tkazildi. Yig‘ilishda shahar jamiyati ijro etuvchi apparati xodimlari va tayanch guruhi faollari ishtirok etdilar.

Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan Qo‘qon shahar jamiyati raisi Rasuljon Ul’masovning ma’ruzasi tinglandi hamda muhokamalardan so‘ng shahar jamiyatining hisobot davrida olib borgan faoliyatini qoniqarli deb topish yuzasidan qaror qabul qilindi.

Umumiy yig‘ilish kun tartibining ikkinchi masalasida Farg‘ona viloyat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari hududiy birlashmasining navbatdagi konferensiyasiga Qo‘qon shahridan 5 nafar vakil nomzodi ko‘rib chiqilib, yig‘ilish qatnashchilari tomonidan tasdiqlandi.

Yig‘ilish ishida hududiy birlashmadan mas’ul xodimlar ishtirok etdilar.

Hududiy birlashma Axborot xizmati

1 комментарий

Отправить комментарий