Yangi rejalar belgilab olindi
Toshloq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlarining joylarda fuqarolarning iste’mol madaniyatini oshirish, ularni tizim tashkilotlari faoliyatidan xabardor qilish va iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida olib borayotgan ishlari tizimli asoslarda davom ettirilmoqda.
Kuni kecha tumandagi 1-sonli kasb-hunar maktabida joriy yil uchun belgilangan asosiy faoliyat yo‘nalishlari ish rejasiga muvofiq o‘quv seminari o‘tkazildi. Maktabning o‘quvchi va o‘qituvchilaridan iborat jamoasi ishtirokidagi seminar “Men yosh iste’molchiman” deya nomlanib, mavzu doirasida ochiq muloqot o‘tkazildi.
Dastlab yig‘ilganlar e’tiboriga o‘tgan davr mobaynida jamiyat tomonidan fuqarolarning murojaatlari borasida olib borilgan ishlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. So‘ng esa yosh iste’molchilarning sohaga oid qonunchilik asoslari bo‘yicha bilim va malakalarini sinash maqsadida savol-javoblar o‘tkazildi. Har bir savol yuzasidan mutaxassis va ishtirokchilarning fikr-mulohazalari tinglandi.
Tadbirda bir guruh o‘quvchilar bilan birga kasbiy ta’lim bo‘yicha maktab direktori o‘rinbosari Husniddin Topvoldiev, o‘qituvchilardan Hasanboy Mirzaliev, Maxfuzaxon Qodirovalar o‘zlarini qiynab kelayotgan muammolari borasida savollar berib mutaxassislardan tegishli javoblarni oldilar.
Fikr-mulohazalar va muzokaralarga boy o‘tgan seminar so‘ngida maktab ma’muriyati tomonidan bu kabi uchrashuvlarni tez-tez o‘tkazib turish taklifi bildirildi.
Husnidaxon Yakubova
Toshloq tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Отправить комментарий